Light | 20:36 / 16.10.2019
76293
3 daqiqa o‘qiladi

Yirtqich va qurbon: 2019 yilda yovvoyi tabiatning eng yaxshi fotosuratlari

Kimgadir bu suratni yaxshisi «Eh, bu antiqa jonivorlar» tanloviga jo‘natish kerak edi degan xayol paydo bo‘lishi mumkin. Ammo aslida Xitoyning Nyanshan tog‘ida olingan bu surat fojialidir.

Bu suratda qishki uyqudan keyin och holda ovga chiqqan Tibet tulkisi ayyorlik ishlatmoqda. Yirtqich avvaliga o‘zini hech narsa ko‘rmayotgandek va hech narsa eshitmayotgandek tutadi, keyin birdan o‘lja tomon o‘giriladi - fotosuratchi shu vaqtda kamerasini «shiqillatadi». 

Tulki qo‘qqisdan paydo bo‘lib sug‘urni cho‘chitib yubormoqda. 

Sug‘urning og‘zi ochilib qolgan - bir zum o‘tib hayot uchun kurash boshlanadi va bu kemiruvchi jonzotning mag‘lubiyati bilan tugaydi. Bu vaziyatda uni onasi ham qutqarib qololmaydi.

«Bu hayot», deydi fotosurat muallifi, Wildlife Photographer of the Year mukofoti g‘olibi Yunsin Bao. Ushbu ish uchun uni qo‘shimcha ravishda «Sutemizuvchilar harakati» nominatsiyasi bo‘yicha ham mukofotlashdi.

U bu kadrni «ushlash» uchun Tibet tog‘lari o‘rtasida soatlab sabr qilib kutgan. Unda albatta sug‘urning boshi uzilgan holatdagi suratlar ham bor.

Quyida London tabiatshunoslik muzeyi tomonidan yovvoyi tabiatning eng yaxshi fotosuratlari uchun topshiriluvchi Wildlife Photographer of the Year mukofotining turli yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblari suratlari keltirilgan.

“Yovvoyi tabiatning eng yaxshi yosh fotosuratchisi – 2019”. Kruz Erdmann (14 yosh)
“Fe'l-atvor: suv va quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar”. Manuel Pleykner
“Fe'l-atvor: qushlar”. Audun Rikardsen
“Fe'l-atvor: sut emizuvchilar". Ingo Arndt
“Hayvonlar portreti”. Ripan Bisvas
“Atrof-muhit”. Luis Vilarino
“Shaharning tirik tabiati”. Charli Xemilton Jyeyms
“Oq va qora”. Maks Vo
“O‘simliklar va qo‘ziqorinlar”. Zoritsa Kovachevich
“Fotojurnalistika janridagi yovvoyi tabiat”. Alexandro Priyeto
“Jonzotlar o‘z yashash muhitida”. Shanchjen Fan
“Suv ostida”. Devid Dubilet
“Yovvoyi tabiat fotojurnalisti: fototarix". Jasper Dest
“Yovvoyi tabiat fotosuratchisi portfoliosi”. Stefan Kristmann.

Mavzuga oid