O‘zbekiston | 09:08 / 17.10.2019
10069
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax viloyatining 4ta tumanida ham xorijga chiqish pasportlarini olish mumkin bo‘ldi

Foto: KUN.UZ

Jizzax viloyatining yana 4ta tumanida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish imkoniyati yaratildi. Shu kunga qadar Jizzax viloyati IIB MvaFRB hamda Zomin tumani IIBda ma'lumotlarni yig‘ish punkti faoliyat yuritayotgan edi. Endilikda, viloyatning Jizzax shahri, Do‘stlik, Sharof Rashidov va G‘allaorol tumani Ichki ishlar bo‘limlarida ham ma'lumotlarni yig‘ish punklari tashkil etildi.

Ushbu ma'lumotlarni yig‘ish punktlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazidan berilgan texnik qurilmalar o‘rnatilib, xorijga chiqish pasporti olish bo‘yicha aholiga xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

Bugungi kunga kelib Jizzax viloyatida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish uchun tashkil etilgan ma'lumotlarni yig‘ish punktlari quyidagi tarzda taqsimlanib, aholiga xizmat ko‘rsatmoqda:

Jizzax viloyati IIB MvaFRBda 
– Zafarobod, Forish va Zarbdor tumanlari aholisiga

Do‘stlik tumani IIB MvaFRBda
– Do‘stlik, Mirzacho‘l va Arnasoy tumani aholisiga

Sharof Rashidov tumani IIB MvaFRBda
– Sh.Rashidov va Paxtakor tumani aholisiga

Jizzax shahri IIO FMB MvaFRBda
– Jizzax shahri aholisiga

G‘allaorol tumani IIB MvaFRBda
– G‘allaorol va Baxmal tumani aholisiga;

Zomin tumani IIB MvaFRBda
– Zomin va Yangiobod tumani aholisiga xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, joriy yil oxirigacha viloyatning barcha shahar-tuman IIB MvaFRBlarida xorijga chiqish pasportini olish uchun ma'lumotini yig‘ish punktlari ochilishi rejalashtirilgan.

Mavzuga oid