Jahon | 09:55 / 19.10.2019
13177
2 daqiqa o‘qiladi

Krasnoyarsk o‘lkasida damba yorilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Krasnoyarsk o‘lkasida damba yorilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 19 kishi jarohat oldi. Yana 13 kishining taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” axborot agentligi xabar berdi.   

Voqea Kuraginsk tumanidagi oltin konining texnologik suv havzasi dambasi bilan yuz bergan. Damba o‘pirilgandan keyin sel oqib, konchilar yashagan bir necha vagonchalarni oqizib ketgan.

Fojia mahalliy vaqt bilan soat 6lar atrofida yuz bergan. 

Konda hammasi bo‘lib 180 ga yaqin odam ishlagan. Umumiy hisobda uchta to‘g‘on bo‘lgan.

“Yomg‘ir yog‘gan, ko‘rinishicha, to‘g‘onlardan biri yuvilib ketgan. Yana bittasi yorilgan va qolgani zanjir bo‘lib ketgan”, deb ma'lum qilingan xabarda.  

Voqea joyida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilmoqda.

O‘lka gubernatori Aleksandr Uss vaziyatni o‘z nazoratiga olgan.

Mavzuga oid