Professional bokschi Beterbiyev ikkita kamarni o‘zida birlashtirdi
AQShning Filadelfiya shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tdi. Uning asosiy jangida rossiyalik Artur Beterbiyev hamda ukrainalik Aleksandr Gvozdik bilan birga ringga ko‘tarildi. Ushbu jang birlashuvtiruvchi mohiyatga ega bo‘lgani bois, g‘olib bokschi WBC va IBF tasniflari bo‘yicha chempionlik kamarlarini qo‘lga kiritar edi. Og‘ir va jangovar ruhda kechgan bahsda rossiyalik bokschining qo‘li baland keldi. U o‘ninchi raundda raqibini nokaut qilishning uddasidan chiqdi. Shunday qilib, u endilikda yengil og‘irvazn bo‘yicha WBC va IBF tasniflarida jahon chempioni hisoblanadi.
Artur Beterbiev by 10th round TKO. Now unified WBC/IBF light heavyweight champ. Great fight 👊🏼💥#BeterbievGvozdyk pic.twitter.com/iwzTkF0Kg8
— Dan Frost (@DannyBoyFrost) October 19, 2019
Rossiyalik Artur Beterbiyev professional bokschilik faoliyatida shu vaqtga qadar 14ta jang o‘tkazib, raqiblarining barchasini nokaut qilgan bo‘lsa, ukrainalik Aleksandr Gvozdik bunga qadar 17 qadar jang o‘tkazgan va shundan 14tasida raqibini nokaut qila olgan edi.
Mavzuga oid
08:47 / 22.12.2024
Usik Fyurini yana yengdi
21:57 / 18.12.2024
Fyuri va Usik boks jangida ilk marta sun’iy intellektga asoslangan hakam bo‘ladi
04:18 / 15.12.2024
Murodjon Ahmadaliyev nokaut bilan g‘alaba qozonib, kamar sohibiga aylandi
15:42 / 13.12.2024