Jahon | 13:22 / 19.10.2019
7772
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp CNN’ga sud da'vosi bilan tahdid qildi

Trampning advokatlaridan biri Charlz Xarder telekompaniya prezidenti Jyeffri Tsukerga xat yubordi. Hujjat matni Fox News tomonidan keltirilmoqda.

«Ushbu mamlakat tarixida prezident hech qachon joriy vaziyatda bo‘lganidek meynstrim deb ataluvchi yangiliklarning adolatsiz, asossiz, ahloqsiz va noqonuniy oqimiga doimiy ravishda duchor bo‘lmagan», — deya bayon etdi Amerika yetakchisining yuristi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp zararni qonunda ko‘rsatilgan maksimal miqdorda qoplash maqsadida sudga da'vo kiritmoqchi.

«Mazkur masalani hal etish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun bog‘lanishingizni so‘rayman. Zararni qisman qoplash, shuningdek, yuz bergan vaziyatning jiddiyligiga mos ravishda boshqa qonuniy choralarga sabab bo‘lishi mumkin», — deya ta'kidladi u. CNN telkompaniyasida Fox News vakiliga ushbu maktub «noilojlik tufayli reklama qilishga urinishdan boshqa hech narsa emasli va hech qanday javobga loyiqmas», deya ma'lum qilingan.

Mavzuga oid