Jahon | 19:11 / 20.10.2019
10462
2 daqiqa o‘qiladi

Hindiston armiyasi Kashmirdagi jangarilar lageriga artilleriya zarbasi berdi

Foto: Reuters

NDTV telekanalining xabar qilishicha, zarba oqibatida besh nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi

Hindiston qurolli kuchlari Kashmirning Pokistonga tegishli hududida joylashgan jangarilar lageriga artilleriya zarbasi berdi. NDTV telekanalining xabar qilishicha, zarba oqibatida besh nafar pokistonlik harbiy halok bo‘ldi.

O‘z navbatida Pokistonning Aaj TV telekanali Hindiston tomonining "ig‘vogarona o‘t ochishi"ga javoban Pokiston armiyasi javob zarbasini bergani va to‘qqiz nafar hind harbiysi halok bo‘lgani hamda ikkita bunker yo‘q qilingani haqida xabar qildi. Telekanalning ma'lumot berishicha, bir nafar pokistonlik askar va uch nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Avvalroq Reuters axborot agentligi Kashmirning Tangdxar tumanidagi otishma vaqtida Hindiston tomondan ikki askar va bir fuqaro, Pokistondan esa 6 nafar fuqaro halok bo‘lgani haqida xabar bergandi. 

Ma'lum qilinishicha, yana 3 nafar hind va 8 nafar pokistonlik fuqaro yaralangan. Hindiston armiyasi vakilining aytishicha, Pokiston hududda amal qilayotgan o‘t ochishni to‘xtatish rejimini buzgan va Hindiston javob choralari ko‘rishga majbur bo‘lgan.

Mavzuga oid