Jamiyat | 15:57 / 22.10.2019
9671
2 daqiqa o‘qiladi

Paxtaobod tumanida o‘tkazilgan hosil bayramida 32 nafar bolaning sunnat to‘ylari nishonlandi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumani yil davomida qishloq xo‘jaligi va paxtachilikda erishilgan yutuqlarga bag‘ishlab bayram tashkil qildi.

Shu munosabat bilan Paxtaobod yengil sanoat kasb-hunar kollejida fermer xo‘jaliklarning ilg‘or terimchilari qishloq xo‘jalik xodimlariga katta tadbir bo‘lib o‘tdi. “Hosil bayrami”da tumandagi fermer xo‘jaliklari a'zolari, terimchilar ishtirok etdi. Tadbirda so‘z olgan viloyat hokimi o‘rinbosari Rustam Ismatullayev hamda Paxtaobod tumani hokimi Mahmudjon Bozorovlar barchani paxta xomashyosini terib olishdagi muvaffaqiyati bilan qutladilar.

Tumandagi mavjud 264 ta paxta-g‘alla  fermer xo‘jaligi bo‘lib, 6481 gektar maydonda dehqonchilik qilgan.

 Bu yil har bir kg uchun 1000 so‘mdan berilishi, paxta hosilini terib olishda katta samara berdi  deydi, - tuman hokimi Mahmudjon Bozorov.

Tadbir davomida tumandagi 32 nafar kam ta'minlangan oilalarning farzandlariga sunnat to‘ylari qilib berildi. Har bir to‘y bolaga tuman Shu kuni tuman ahli to‘kin dasturxon ustida san'at ustalari tomonidan katta konsert dasturini tamosha qildi.  

Mavzuga oid