Jahon | 19:50 / 28.10.2019
6280
1 daqiqa o‘qiladi

Jammu va Kashmirdagi portlashda o‘nlab kishilar jarohat oldi

Noma'lum shaxslar Sopor shahridagi bekatlardan birida turgan bir guruh odamlarga qarata granata uloqtirgan.

Hindistonning Jammu va Kashmir ittifoqdosh hududida yuz bergan portlashda jarohatlanganlar soni 20 kishiga yetdi. Bu haqda India Today nashri xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, noma'lum shaxslar Sopor shahridagi bekatlardan birida bir guruh odamlarga granata uloqtirgan. Hujum oqibatida 20 kishi jarohatlangan, olti kishi og‘ir ahvolda Srinagar shahri shifoxonasiga yetkazilgan.

Avvalroq ANI agentligi olti kishi jarohat olgani haqida xabar bergandi.

Politsiya voqea tafsilotlarini o‘rganmoqda. Hozircha hujum uchun javobgarlikni hech bir guruh o‘z zimmasiga olmagan.

Hodisa Yevropa ittifoqi parlamentchilarining Jammu va Kashmirga 29 oktabr kuni amalga oshirilishi rejalashtirilgan tashrifi arafasida yuz berdi.

Mavzuga oid