O‘zbekiston | 17:12 / 04.11.2019
50328
1 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovonida qor yog‘moqda (video)

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt va boshqa viloyatlarni Farg‘ona vodiysi bilan bog‘lovchi Qamchiq dovonida kuchli qor yog‘ayotganiga oid lavhalar tarqalmoqda. 

Ayni vaqtda dovon qor bilan qoplangan, quyuq tuman ham tushgan. Ammo avtomobillar harakatlanishda davom etmoqda. Lavha muallifi yuqoridan turib tasvirga olarkan haydovchilarni ehtiyot bo‘lishga chorlaydi.

Vaziyatga izoh olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga murojaat qildik. Vazirlikning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limidan ma'lum qilishlaricha, Qamchiq dovonidagi yo‘llar ochiq, barcha xizmatlar shtat rejimida ishlashmoqda. Lekin qor kuchayib, toyg‘anoq bo‘lishi mumkinligini hisobga olgan holda ehtiyotkorlikni kuchaytirish lozim bo‘ladi.

Bundan avvalroq, 3 noyabr kuni Qoraqalpog‘iston hududida birinchi qor yog‘gani xabar qilingandi.

Mavzuga oid