120 marta nafas olish 21 dollar: shveysariyaliklar havodan pul qilmoqda
Endi istalgan kishi Alp havosidan nafas olishi mumkin. Shveytsariyada g‘aroyib startap ishga tushdi: Swiss Alpine Air kompaniyasi internet orqali tog‘ havosi savdosini boshladi.
«Har yili turistlar tetiklashtiruvchi manzaradan zavq olish va toza tog‘ havosidan nafas olish uchun Shveytsariyadagi Alp tog‘lariga kelishadi», – deyiladi kompaniya saytida. – Tog‘ manbalaridan olingan Shveytsariya suvi, shokolad va pishloqni eksport qilyapmiz. Shunday ekan, nima uchun toza havoni eksport qilmasligimiz kerak? Bu – dunyodagi eng zo‘r havo».
Saytda Alp tog‘ining 7 litrga yaqin havosi yuklangan ballonchani sotib olish mumkin. Bu miqdor taxminan 120 marta nafas olish yoki 10 daqiqalik ingalyatsiya uchun yetarli.
Bitta ballon 21 dollar turadi. Mahsulotga individual niqob ham biriktirilgan.
Hozirda uddaburon shveysariyaliklar o‘z loyihalari uchun investor izlashmoqda. Kompaniya saytida tog‘ havosining asosiy xaridorlari ifloslangan atmosfera muammosiga ayniqsa ko‘p duch keluvchi xitoyliklar bo‘lishi mumkinligi aytilgan.
BigPicture`ning qayd etishicha, «Alp musaffoligi» tushunchasi reklama sohasida faol qo‘llaniladi. Bu esa Shveytsariya firmasi marketologlari zimmasidagi vazifani ancha yengillashtiradi.
Ta'kidlash joiz, bu – xitoyliklarga havoni taklif qilish bilan pul ishlashga doir birinchi loyiha emas. 2015 yilda Kanadaning Vitality Air kompaniyasi Kanada tog‘laridan yig‘ilgan havo bilan savdo qilishni boshlagan. O‘shanda 500ta ballondan iborat ilk partiya to‘rt kun ichida sotib bo‘lingan edi. Vitality Air biznesi bugungacha muvaffaqiyatli yetib kelmoqda.
Tarixdan bunga yana bir misol: 1929 yilda sovet yozuvchisi Aleksandr Belyayev «Havo savdogari» nomli fantastik romanini chiqargan. Roman syujyetiga asosan, ingliz biznesmeni Beyli o‘zining Yoqutistondagi yashirin fabrikasida atmosfera havosini siqishni boshlaydi. Dunyoda havo tanqisligi boshlangach esa kislorodni tovarga aylantiradi.
Shveytsariyadan fotojamlanma: Alp tog‘lari Kun.uz obektivida
Dehlida havo ifloslanishi chidab bo‘lmas darajaga keldi. Maktablar yopildi
Mavzuga oid
08:33 / 17.12.2024
Davlat banklari mahalla startaplariga 50 mln dollar ajratadi
19:11 / 29.11.2024
Shveytsariyaning Lombard Odier banki Gulnora Karimova ishi bo‘yicha pul yuvishda ayblandi
13:11 / 23.11.2024
O‘zbekiston va Shveytsariya shartnomaviy-huquqiy bazani kengaytirishga kelishib oldi
18:15 / 28.10.2024