Jahon | 20:46 / 10.11.2019
15021
1 daqiqa o‘qiladi

Afg‘oniston bosh vaziri prezident saylovlari natijalarini tan olishdan bosh tortdi  

Afg‘oniston bosh vaziri Abdulloh Abdulloh mamlakatda 28 sentyabrda o‘tgan  prezident saylovlaridagi ovozlarni qayta hisoblashni to‘xtatishga chaqirdi. Bu haqda Eronning Press TV telekanali xabar berdi.    

Foto: IZVeSTIYa/Aleksandr Kazakov

“Hiyla-nayrang bilan buzilgan saylovlar tan olinmaydi. Natijalar xalqimizning ro‘y-rost ovozlariga asoslanishi lozim”, deb aytgan Abdulloh Kobulda tarafdorlari oldidagi nutqida. 

Saylov natijalari hanuzgacha e'lon qilinmagan. Abdullohning saylovlardagi bosh raqibi amaldagi prezident Ashraf G‘ani bo‘lgan.    

Abdulloh avval o‘tgan prezident saylovlarida ikki marta muvaffaqiyatsizlikka uchragan va yuz minglab ovozlar qonuniyligiga shubha bildirgan.

Norasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, joriy saylovlarda qayd qilingan 9,6 mln saylovchidan bor-yo‘g‘i 2 mlndan ko‘prog‘i ishtirok etgan. 

Oktabr oxirida Afg‘oniston mustaqil saylov komissiyasi raisi Havo Alam Nuristoniy prezident saylovlarining dastlabki natijalari 14 noyabrda e'lon qilinishiga va'da bergandi. 

Mavzuga oid