Bozor oldidagi yo‘llarda kuzatilayotgan tirbandlik - muammo birgina Qo‘shrabotda emas
Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi markaziy dehqon bozori oldidagi tirbandlik transport harakatiga to‘sqinlik qilmoqda.
Garchi yo‘l o‘rtasi beton to‘siq bilan ajratilgan, har ikki tomonga ikki polosadan jami to‘rt polosa yo‘l o‘tgan bo‘lsa-da, bozorlik qilish uchun kelgan xaridorlarning mashinalari yo‘l chetiga tartibsiz joylashtirilganligi tufayli yo‘l qisilib qolgan.
Hattoki YPX xodimlari ham bu yerda tartib o‘rnatishga ojiz. Xaridorlar mashinasini shunchaki yo‘lning o‘rtasiga tashlab bozorga kirib ketishganiga guvoh bo‘lasiz. Balkim sotuvchilarnikidir? Kim biladi deysiz…
Bunday tirbandlikdan o‘tib olishning o‘zi azob. 500 metrcha chiqadigan qisqagina masofada kamida yarim soat vaqtingiz yo‘q bo‘ladi. Borayotgan joyingizga kechikasiz. Yo‘ldagi qatnov qismi arava ham, eshak arava ham, Zarmetan konidan kelayotgan katta yuk mashinalari ham qo‘shilib, vaziyatni yanada og‘irlashtiradi.
Hozir juda ko‘p oilada texnika va transport bor. Bilamiz, bu holat birgina Qo‘shrabot tumanida ro‘y berayotgani yo‘q. Qariyb hamma joyda shu ahvol. Tumanlardagi bozorlarni loyihalashtirishda avtomashinalar uchun to‘xtash joylari ham loyihalashtirilishiga jiddiy e'tibor berish vaqti kelmadimi?
Qachon joylarda shaharsozlik talablariga rioya qilina boshlanadi?
Mavzuga oid
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
21:32 / 22.10.2024