Sergelida mikroavtobus yonib ketdi
Toshkent shahrida o‘tgan sutka davomida 5ta yong‘in holati qayd etilgan bo‘lib, shulardan 4tasi qurigan o‘simlik va xazonlarni yonishi bilan bog‘liq bo‘lgan yong‘inlarni tashkil etmoqda. Yong‘inlarda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2019 yil 17 noyabr kuni soat 15:22da, Sergeli tumani, TXAY ko‘chasi Erkin ko‘rigi oldida “Istana” rusumli mikroavtobus yongan. Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari chaqirilgan manzilga soat 15:30da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 15:35da bartaraf etilgan.
Yong‘in avtotransport vositasining elektr simlarida vujudga kelgan qisqa tutashuv oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘in joyiga 2 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obekt rahbar hamda xodimlaridan, shuningdek fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘ragan.
Mavzuga oid
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024
Toshkentda yana bir yo‘lovchi avtobusida yong‘in chiqdi
23:26 / 18.12.2024
Toshkentda avtobus yonib ketdi
15:29 / 17.12.2024