Yaqin qarindoshlarga tegishli transport vositasini ishonchnomasiz boshqarish tartibi belgilandi
Notariat tizimi takomillashtirilganligi munosabati bilan Hukumatning bir qator qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Unga ko‘ra, transport vositasi egasining sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlari (ota-ona, er (xotin), bolalar, aka-ukalar, opa-singillar) transport vositasini notarial tasdiqlangan ishonchnomasiz boshqarishiga ruxsat berildi.
Bunda transport vositasi egasining talabi bilan sug‘urta kompaniyalari tomonidan sug‘urta polisida qarindoshlik darajasi ko‘rsatiladi.
Shuningdek, qaror bilan sug‘urta polisi blankasining yangilangan shakli tasdiqlandi.
Qaror bilan Yo‘l harakati qoidalariga (kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, DYHXX organlari tomonidan sug‘urta polisida ko‘rsatilgan yaqin qarindoshlardan transport vositasini boshqarishi haqida ishonchnoma hamda qarindoshlikni tasdiqlovchi hujjatlar talab qilinmaydi.
Mavzuga oid
16:10 / 21.12.2024
Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
10:24 / 12.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
12:50 / 29.11.2024