Toshkent ko‘chalarida giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi onlayn do‘kon reklamasi aniqlandi
Toshkent shahridagi bir nechta bannerlarda giyohvand moddalar sotiladigan onlayn do‘konga olib kiruvchi QR-kodlar reklama qilinayotgani ma'lum bo‘ldi.
So‘nggi bir necha kun ichida bu kabi reklama bannerlari Samarqandda, qolaversa Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston shaharlarida ham aniqlangan.
O‘zbekiston poytaxtida buni dastlab jurnalist Muhammadsharif Mamatqulov payqagani aytilmoqda. U chorshanba kuni bu haqda ichki ishlar organlariga xabar bergan.
Ma'lum bo‘lishicha, Toshkentdagi bannerlarda tasvirlangan QR-kodlar .ru domenidagi saytga yo‘naltiradi. Unda stimulyatorlar, eyforetiklar, psixodelik moddalar, kannabinoidlar va tamaki qorishmalari sotiladi.
Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda mamlakatning bir nechta shaharlarida narkotiklar reklamasi qo‘yilgan 8ta banner aniqlanib, olib tashlangan. Hodisaga aloqador shaxslarni qo‘lga olib, javobgarlikka tortish choralari ko‘rilmoqda.
Shuningdek, Qirg‘izistonning Bishkek va O‘sh shaharlarida ham shunga o‘xshash bannerlar olib tashlangan.
Ayni paytga kelib, onlayn do‘konning tanlov o‘tkazayotgan Instagram`dagi sahifasi bloklangan.
Mavzuga oid
15:10 / 13.12.2024
Onkologik kasalliklar davosi haqida reklama joylashtirgan MChJ jarimaga tortildi
09:43 / 14.11.2024
Qonuniy tashqi reklama konstruksiyasi noqonuniy buzilganda biznes-ombudsmanga xabar berish mumkin
12:28 / 11.11.2024
Toshkentda noqonuniy tashqi reklamalarni olib tashlash bo‘yicha reyd o‘tkazildi
16:06 / 08.11.2024