Aholini ro‘yxatga olishga doir qonun qabul qilindi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 21 noyabrda o‘tkazilgan majlisida «Aholini ro‘yxatga olish to‘g‘risida»gi qonun uchinchi o‘qishda qabul qilindi va ma'qullash uchun Senatga yuboriladigan bo‘ldi.
Ta'kidlanishicha, ro‘yxatga olish orqali aholining muayyan davrdagi «fotosurati» yaratiladi. Aholini ro‘yxatga olish yakunlariga qarab, o‘tmish va hozirgi davr haqida fikr-mulohaza yuritish hamda kelajakni prognoz qilish mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, qator holatlarda aholini ro‘yxatga olish – aholining yoshi, jinsi, milliy tarkibi, ma'lumot darajasi, nikoh holati, bandligi va boshqa tavsiflari haqida ma'lumotlar olishning yagona manbayi bo‘lib xizmat qiladi.
Eslatib o‘tamiz, mustaqillik yillaridagi ilk ro‘yxatga olish tadbirlari 2022 yil kuziga belgilangan. Ayni jarayonda uylarning ham ro‘yxati tuziladi.
- Aholini ro‘yxatga olish jarayonida majburiy mehnatga yo‘l qo‘yilmaydi – Statistika qo‘mitasi
- O‘zbekiston aholisi soni qachon 40 millionga yetadi? – BMT prognozi
- Aholini ro‘yxatga olish qanchaga tushadi?
- O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish nima uchun kerak?
Mavzuga oid
16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
14:13 / 21.11.2024
Akmal Saidov Shavkat Mirziyoyevga: “Yangi O‘zbekiston parlamentining me’mori kim deyishsa, sizni aytardim”
17:59 / 20.11.2024