O‘zbekiston | 16:17 / 23.11.2019
66932
1 daqiqa o‘qiladi

Mudofaa vazirining tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

Azizbek Ikromov / Foto: Sputnik

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining tegishli farmoniga ko‘ra, O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Isroilovich Ikromov boshqa lavozimga tayinlanganligi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi.

Vazirlik axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga ko‘ra, general-mayor Azizbek Ikromov Mudofaa vazirligi tizimidagi faoliyatini 2017 yilda boshlagan. Bunga qadar Ichki ishlar vazirligi tizimida xizmat qilgan.

Hamdam Aliqulovich Qarshiyev

Mudofaa vazirligi Toifalangan obektlarni qo‘riqlash qo‘shinlari qo‘mondonligi qo‘mondoni, polkovnik Hamdam Aliqulovich Qarshiyev O‘zbekiston mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Mavzuga oid