Sport | 03:49 / 24.11.2019
10499
1 daqiqa o‘qiladi

GFC-20 turniri. Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibini muddatidan avval mag‘lub etdi

O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan aralash jang san'atlari (MMA) bo‘yicha turnirda o‘zbekistonlik Nursulton Ro‘ziboyev ukrainalik raqibi Artyom Shokaloga qarshi oktagonga chiqdi.

«Humo Arena»da o‘tkazilgan jang muddatidan oldin yakunlandi. 26 yoshli o‘zbek sportchisi 3-raundda raqibini texnik nokaut evaziga mag‘lub etishga erishdi.

Shu tariqa Nursulton MMA'dagi g‘alabalari sonini 23taga yetkazib oldi.

Mavzuga oid