O‘zbekiston samolyotlarining ko‘ngilochar tizimida filmlar eskiligi va soni kamligiga izoh berildi
Transport vazirligi havo transportini rivojlantirish departamenti boshlig‘i Ulug‘bek Bektashev «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK, hozirgi «Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi tasarrufidagi samolyotlar bortidagi mediatekaga kiritilgan filmlar ancha eski va kamligi bo‘yicha shu paytgacha yo‘lovchilardan ko‘plab e'tirozlar kelib tushganini qayd etdi. Uning aytishicha, mazkur masala yuzasidan «Uzbekistan Airways» aksionerlik jamiyatiga topshiriq berilgan.
«Bu masala texnik tomondan ozgina vaqt talab qiladi. Samolyotlarimizning mediatekasidagi filmlar, umuman, yo‘lovchilar foydalanadigan ko‘ngilochar tizim – bu samolyotning texnologiyasi. Biz mediatekadagi filmlarni «Airbus» va «Boeing» kompaniyalari mutaxassislari bilan birgalikda yangilashimiz mumkin. Xohlasak ham mediatekadagi videolar, musiqalarni o‘zgartira olmaymiz.
Misol tariqasida, men sizga Rossiyada yaqindagina bo‘lgan voqeani aytib beraman. Rossiyada yo‘lovchilarni kuzatib turish maqsadida samolyot saloniga videokamera o‘rnatish bo‘yicha aviakompaniyalarga qonun bilan talab qo‘ymoqchi bo‘lishdi. Bu masala Dumada muhokama qilindi. Ruslar ham Rossiyaning o‘zida ishlab chiqariladigan samolyotlardan tashqari «Airbus» va «Boeing» samolyotlaridan foydalanishadi. Shu sababli avikompaniyalar bu masalani faqatgina ishlab chiqaruvchi bilan kelishgan holda qilish mumkinligini aytib bu talabga qarshi chiqishdi. Natijada bu masala qaytadan ko‘rib chiqiladigan bo‘ldi. Bizning holatimiz ham xuddi shunaqa. «Airbus» va «Boeing» mutaxassislari bilan birga tizimni o‘zgartirib, mediatekani yangilashga majburmiz», deya Ulug‘bek Bektoshevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Tadbirda O‘zbekistonda aviachiptalar nega qo‘shni mamlakatlardagidan qimmatligi, Havo kodeksiga o‘zgartirish kiritilsa, aviachiptalar narxi kamida 20 foizga arzonlashishi mumkinligi bo‘yicha izoh berilgan, O‘zbekistondagi mavjud samolyotlar parki bilan loukoster biznes modelini amalga oshirib bo‘lmasligi, shu bois gibrid aviatashuvlarni yo‘lga qo‘yilishi kutilayotgani aytilgandi.
Mavzuga oid
16:05 / 17.12.2024
Uzbekistan Airways va Silk Avia monopolistlar ro‘yxatiga kiritildi
21:47 / 18.10.2024
Tirbandlik, tramvay loyihasi, haydovchilarga jazo va temiryo‘llarda sifat – transport vaziri bilan intervyu
13:44 / 09.04.2024
Hayit kunida jamoat transporti butun respublikada bepul bo‘lmaydi – Transport vazirligi
15:08 / 13.02.2024