O‘zbekiston | 18:00 / 03.12.2019
7620
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekistonda saylovlarning proporsional emas, majoritar tizimi amalda» - Sherzodxon Qudratxo‘jayev partiyalarni faollikka chaqirdi

Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Sherzodxon Qudratxo‘jayev parlament saylovlari arafasida partiyalarni o‘z nomzodlarini ilgari surishda yanada faolroq bo‘lishga chaqirdi.

«Markaziy saylov komissiyasi o‘z veb-saytida nomzodlar to‘g‘risida ma'lumot berdi. Ammo, saytda barcha nomzodlar o‘rtasida tenglikni ta'minlash uchun nomzodlar to‘g‘risidagi asosiy ma'lumotlar berilgan. Markaziy saylov komissiyasi nomzodlarni reklama qilmaydi va ularning nomzodini ilgari surmaydi, bu partiyalarning vazifasi hisoblanadi. 

Shuni unutmasligimiz kerakki, O‘zbekistonda proporsional emas, balki parlament saylovlarining majoritar tizimi amalda. Va fuqarolar partiyalarni emas, balki nomzodlarni saylashadi. Shuning uchun partiyalar o‘z nomzodlarini ilgari surishda yanada faolroq bo‘lishlari kerak.  

Eslatib o‘taman, saylovga atigi 19 kun qoldi», deydi Sherzodxon Qudratxo‘jayev.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti va mahalliy vakillik organlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Mavzuga oid