Jamiyat | 11:05 / 14.12.2019
8404
1 daqiqa o‘qiladi

Beruniyda YTH yuz berdi: piyoda halok bo‘ldi, haydovchi voqea joyidan yashiringan

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Beruniy tumanida 11 dekabr kuni soat 21:10larda noma'lum haydovchi aniqlanmagan avtomashinani «Biybazar» ovul fuqarolar yig‘ini hududida boshqarib ketayotib, piyoda, shu hududda yashagan S.U.ni urib yuborgan.

Postda.uz nashrining xabar berishicha, haydovchi tezda voqea joyidan yashiringan. Fuqaro S.U. jarohat olib, voqea joyida vafot etgan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchini aniqlash va ushlash choralari ko‘rilgan. 

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid