Jahon | 10:11 / 17.12.2019
17215
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning 2019 yilda eng ko‘p tashrif buyurilgan diqqatga sazovor joylari ma'lum qilindi

Foto: iStock

Dunyoning 2019 yildagi eng ko‘p tashrif buyurilgan diqqatga sazovor joylari ma'lum qilindi. Ushbu joylar ularga borish uchun bronlangan chiptalarni tahlil qilish yordamida aniqlangan, deb xabar berdi Trip Advisor sayti.

Qatorasiga ikkinchi yil ro‘yxatga Rimdagi Kolizey amfiteatri yetakchilik qilmoqda. Gladiatorlik janglari uyushtirilgan ushbu qadimiy me'moriy yodgorlikka tashrif burish Rimga sayohat dasturlarining asosiy bandi hisoblanadi.   

2-o‘rinni Parijdagi Luvr muzeyi egalladi. Ushbu muzeyda Leonardo da Vinchining “Mona Liza” va turli davrlarga mansub boshqa mashhur suratlar saqlanadi.

Mashhurlik bo‘yicha 3-o‘rinni Vatikan muzeyi egalladi. Bu yerda sayyohlar nafaqat san'at asarlari bilan tanishishlari, balki Rim papasini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Nyu-Yorkdagi Ozodlik haykali 4-o‘rinni, Parijdagi Eyfel minorasi esa 5-o‘rinni egallagan. Yetakchi o‘ntalikka, shuningdek, Barselonadagi Muqaddas oila cherkovi, Yangi Orleandagi (AQSh) fransuz kvartali, Amsterdamdagi Anna Frank uyi, Chikagoda joylashgan va g‘arbiy yarimsharning eng baland binosi hisoblangan Willis Tower’dagi Skydeck Chicago tomosha maydonchasi va Venetsiyadagi San-Marko maydoni kiritilgan.

Mavzuga oid