Jahon | 23:32 / 19.12.2019
9045
2 daqiqa o‘qiladi

Financial Times o‘z talqiniga ko‘ra yil odamini e'lon qildi 

Foto: AP

Microsoft bosh direktori, 52 yoshli Satya Nadella Financial Times nashri talqiniga ko‘ra “yil odami” bo‘ldi. 

Nashr ekspertlarining fikricha, Nadella Microsoft’ni eng nufuzli kompaniyalar qatoriga qaytara oldi.

Ta'kidlanishicha, Nadella ushbu lavozimni 6 yildan beri egallashi vaqtida kompaniya aksiyadorlarining umumiy daromadi 1 trln dollardan oshib ketdi.

Asli hindistonlik bo‘lgan Nadella Microsoft’ni “texnologiyalar sohasida ishlovchi kompaniyalar cho‘qqisiga qaytarishga” muvaffaq bo‘ldi.  

Nadella kompaniyada 1992 yildan ishlay boshlagan. U kompaniyada bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosaridan bosh direktor lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. 2014 yilda ushbu lavozimda Stiv Balmer o‘rnini egallagan.

Avvalroq AQShning Time nashri o‘z talqiniga ko‘ra yil odamini e'lon qilgandi. Jurnal shvetsiyalik 16 yoshli ekofaol Greta Tunbergni yil odami deb e'tirof etdi.

Mavzuga oid