Jahon | 15:35 / 05.12.2022
5070
2 daqiqa o‘qiladi

Financial Times Volodimir Zelenskiyni «Yil odami» deb e’lon qildi

Britaniyaning Financial Times gazetasi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni «Yil odami» deb e’lon qildi. 

Nashr muharrirlarining ta’kidlashicha, 44 yoshli rahbar yetakchilik fazilatlari va matonatining ajoyib namoyon bo‘lishi tufayli tarixga kirdi. 

Jurnalistlarning ta’kidlashicha, sobiq komediya yo‘nalishidagi aktyor Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishining «mutlaq yovuzligi»ga qaramay, hazil uchun vaqt topyapti. 

U Ukraina xalqining Rossiya agressiyasiga qarshi kurashdagi jasorati va matonatining timsoliga aylandi, deyiladi bayonotda.

Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy mamlakat xalqiga navbatdagi kunlik videomurojaat bilan chiqish qilgandi.

Siyosatchi Rossiya sovuq va qiyinchilikni «terrorining bir qismi» qilib, Ukrainaga qarshi qishning xususiyatlaridan foydalanishi va ukrainaliklar yaqin oylarda bunga qarshi turish uchun yanada ko‘proq birdamlik ko‘rsatishi kerakligini aytdi.

Volodimir Zelenskiy fuqarolarni bir-biriga yordam berishga, nizo va janjallardan qochishga chaqirdi. 

Shu bilan birga, u qishni «imtihon sifatida emas, balki vaqt – bizni asosiy narsa – g‘alabaga yaqinlashtiradigan jihat» sifatida qabul qilishni maslahat berdi. 

Butun Ukraina yagona «Buzilmas nuqta»ga aylanishi kerak, deya qo‘shimcha qildi davlat rahbari.

Mavzuga oid