O‘zbekiston | 13:26 / 21.12.2019
8195
1 daqiqa o‘qiladi
«Toshkent - Angren - Orzu - Pop - Toshkent» yo‘nalishida vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi
2019 yil 21 dekabr kuni A-373 “Toshkent – O‘sh” avtomobil yo‘lida qor ko‘chkisi xavfi mavjud bo‘lganligi bois, avtotransport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatilgan.
«O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi» AJ xabariga ko‘ra, shu sababli «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ tomonidan Farg‘ona vodiysiga va Toshkent shahriga qarab avtotransportda yo‘lga chiqqan yo‘lovchilarni Pop stansiyasiga yetkazib qo‘yish hamda Toshkent shahriga olib kelish uchun vaqtinchalik qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
“Toshkent – Angren – Orzu – Pop – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan mazkur poyezd 2019 yil 21 dekabr kuni soat 11:30da Toshkent Janubiy vokzaldan jo‘natildi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.01.2025
Toshkentda BYD’ning qo‘pol qoidabuzarligi ortidan ikki piyoda jarohat oldi
18:22 / 13.01.2025
Toshkent aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
22:37 / 11.01.2025