Sport | 18:54 / 23.12.2019
18058
2 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Premer-ligasida yana bir o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘lishi mumkin

Foto: Tribuna.uz

Toshkentning «Lokomotiv» klubi yarimhimoyachisi Jamshid Iskanderov Rossiya Premer-ligasida faoliyat boshlashi mumkin. Bu haqda Sportbox.ru sayti xabar bermoqda.

«O‘zbekiston milliy jamoasi safida 22 o‘yinda maydonga tushgan futbolchiga Rossiya Premer-ligasining bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. 

Jamshid Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tsa, Eldor Shomurodov («Rostov»), Vitaliy Denisov («Rubin»), Vadim Afonin («Orenburg»)dan keyingi joriy yilgi chempionatdagi o‘zbekistonlik 4-futbolchi bo‘ladi. Shuningdek, Iskanderovga Qatar klublari ham da'vogarlik qilmoqda» - deya yoziladi manbada. 

Eslatib o‘tamiz, 26 yoshli Jamshid Iskanderov 2019 yil boshida «Paxtakor»dan «Lokomotiv» safiga o‘tgandi. «Temiryo‘lchilar» safida bir mavsumda 26 o‘yinda 6 gol va shuncha golli uzatmaga mualliflik qildi. Osiyo chempionlar ligasida ham 6 o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol va 3ta golli pasni amalga oshirdi.

Mavzuga oid