Jahon | 09:09 / 30.12.2019
9035
1 daqiqa o‘qiladi

Hindiston 24 ta suv osti kemasi qurishni rejalashtirmoqda 

Foto: NDTV.com

Hindiston 24 ta suv osti kemasi qurishni rejalashtirmoqda. Ulardan oltitasi atom suv osti kemasi bo‘ladi, deb xabar berdi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari tomonidan parlamentga taqdim qilingan ma'ruzaga iqtibos keltirgan holda NDTV telekanali. 

Ta'kidlanishicha, energetik qurilmali 18 ta va atom zarbdor 6 ta suv osti kemasi qurish rejalashtirilgan. Hujjatga ko‘ra, hozirda Hindiston harbiy-dengiz kuchlari qurollanishida 15 ta noatom va 2 ta atom suv osti kemasi mavjud. Noatom suv osti kemalaridan aksariyatining yoshi 25 yildan oshgan.  

Hindiston mudofaa vazirligi yangi suv osti kemalari qurilishi ushlanishi sababli eskilarining xizmat muddatini oshirish bo‘yicha ishlarni o‘tkazishni ma'qullagan.  

Xitoy harbiy-dengiz kuchlarining Hind okeanida faolligi oshgani sababli Hindistonda infratuzilmani modernizatsiya qilish, jumladan yangi kemalar va suv osti kemalari qurishga qaror qilingan. 

Mavzuga oid