Jahon | 23:24 / 03.01.2020
38105
1 daqiqa o‘qiladi

General Sulaymoniyning harbiy unvoni vafotidan keyin oshirildi 

Foto: Faisal Khan/ZUMAPRESS.com/Global Look Press

Islom inqilobi soqchilari korpusining “Al-Quds” bo‘linmasi qo‘mondoni, AQSh harbiylari aviazarbasi vaqtida o‘ldirilgan general Qosim Sulaymoniyning unvoni vafotidan keyin general-leytenantgacha oshirildi. 

Rudaw portalining ma'lum qilishicha, marhum general Eronda 1979 yilda yuz bergan Islom inqilobidan keyin mamlakatning eng nufuzli mukofoti – Faxr medalini olgan birinchi kishi bo‘ldi. 

General Iroq poytaxti Bag‘dodga kelganda hamrohlari bilan zarbaga uchragan. Natijada u bilan birga yana 11 kishi halok bo‘lgan. Sulaymoniyni yo‘q qilishga buyruqni shaxsan AQSh prezidenti Donald Tramp bergan.

Eron qurolli kuchlari bosh shtabi AQShning bu ishini terakt deb atagan va  “Al-Quds” qo‘mondonining o‘ldirilishi ortida turganlardan “shafqatsiz o‘ch olishdan” ogohlantirgan. 

Mavzuga oid