Jahon | 11:38 / 04.01.2020
59604
2 daqiqa o‘qiladi

Amsterdamda o‘zbekistonlik akrobatlar 10 metr balandlikdan tushib ketdi

Foto: at5.nl

O‘zbekistonlik akrobatlar (murakkab mashqlarni bajaruvchi sirk artistlari - tah.) Niderlandiyadagi tomosha vaqtida sirk gumbazi balandligidan pastga tushib ketdi. Bu haqda «Mir24» xabar berdi.

Guvohning so‘zlariga ko‘ra, fojia erkak akrobat sherigi bo‘lgan ayolni bir qo‘lida ushlab, ikkinchi qo‘lini bo‘sh qo‘ygan paytida yuz bergan. Ular birgalikda 10 metr balandlikdan qulab tushishdi. 

Dastlab tomoshabinlar ro‘y bergan voqeani tomoshaning bir qismi sifatida qabul qilishdi, ammo ko‘p o‘tmay, boshlovchi hammani zalni tark etishga chaqirdi. Hozir akrobatlar kasalxonada qolmoqda, ularning ahvoli og‘ir deb baholanyapti.

Kristina Vorobyova va Rustam Osmanov «Samoviy farishtalar» duetida ko‘plab sovrinlarga sazovor bo‘lishgan. Ular eng qiyin harakat - gimnastika halqasida tishda osilib turish bo‘yicha o‘zbekistonlik yagona sirk artistlaridir. 

Qayd etilishicha, ushbu artistlar yuqoridagi harakatni himoya to‘risiz bajarishga odatlangan.

Mavzuga oid