Jizzaxda avtozavod qurish borasida PSA Groupe bilan kelishmovchilik vujudga kelgani ma’lum qilindi
Jizzax viloyatida yengil tijorat avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirish doirasida «O‘zavtosanoat» va PSA Groupe o‘rtasida kelishmovchilik vujudga kelgan, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
«Biz uchun nafaqat ishlab chiqarish, balki kelajakda salohiyat yaratish ham muhim. Masalan, bir modelni ishlab chiqarish va uni rivojlantirish, ishlab chiqarish hajmini oshirish, xorijiy va ichki bozorni kengaytirish uchun imkoniyatlar yaratish. Muzokaralar jarayonida ushbu nuqtai nazardan kelishmovchilik paydo bo‘ldi», – dedi «O‘zavtosanoat» savdodan keyin xizmat ko‘rsatish va butlovchi qismlar eksporti boshqarmasi boshlig‘i Shuhrat Mirsamuqov.
«Bu biz uchun eng muhimi. Agarda yakdil fikrga kela olmasak (PSA Groupe bilan – tahr.), u holda loyiha uchun yangi investor topishga urinamiz. Bu masala bo‘yicha vaziyat yil oxirigacha ma’lum bo‘ladi», – dedi Mirsamuqov.
Rejaga ko‘ra, Jizzaxdagi Peugeot-Citroen zavodi 2018 yil dekabrida ishga tushishi kerak va yil oxirida dastlabki mahsulotlarini ishlab chiqarishi kerak edi. 133 million yevroga baholangan loyiha doirasida yiliga jami 16 ming dona Peugeot Expert va Peugeot Boxer avtomobillari yig‘ilishi lozim edi.
Mavzuga oid
07:24 / 17.12.2024
Jizzax va Samarqand viloyati hokimlariga o‘rinbosarlar tayinlandi
15:25 / 15.12.2024
Toshkent-Termiz yo‘lining Jizzaxdagi dovondan o‘tgan qismida yuk avtomobillari harakati vaqtincha cheklandi
18:54 / 10.12.2024
Jizzaxda 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
11:45 / 01.12.2024