Jamiyat | 10:32 / 14.01.2020
11388
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya fuqarosini do‘pposlagan ikki nafar fuqaro ushlandi

Foto: Tergov departamenti

2020 yil 9 yanvar kuni soat 19:20larda Buxoro viloyati Jondor tumani hududidan o‘tuvchi M-37 avtomobil yo‘lining 303 km.da, 31 yoshli G.X. va 30 yoshli J.R. mast holatda yo‘lining chekkasida bo‘la turib, Turkiya fuqarosi 63 yoshli M.D.ning boshqaruvida bo‘lgan Turkiya davlat raqam belgili “Mercedes-Benz” rusumli yuk avtomashinasiga hech bir sababsiz toshlar otib, uni to‘xtatishgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, ular haydovchi M.D.ni urib-do‘pposlab, tan jarohati yetkazishgan. Fuqaro M.D.,ga olgan tan jarohati yuzasidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joydan qonga o‘xshash dog‘lar olingan va tegishli ekspertizalar tayinlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jondor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan G.X. va J.R.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi “b, d” bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan qariyaga nisbatan sodir etilgan bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, ular jinoyat ishi bo‘yicha gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, protsessual tartibda ushlanganlar.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid