Jamiyat | 08:12 / 17.01.2020
12728
2 daqiqa o‘qiladi

Ichki ishlar xodimiga 10 mln so‘m pora taklif qilgan shaxslar qo‘lga olindi

Illyustrativ foto

2020 yil 15 yanvar kuni soat 15:00larda Taxiatosh tumanida joylashgan “Taxiatosh” temir yo‘l bekatida teplovoz mashinisti Ye.A. va uning yordamchisi K.I. “Taxiatosh” neft bazasidan 120 litr dizel yoqilg‘isini Nukus shahrida yashovchi fuqaro A.T.ga sotayotgan vaqtida Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi “Nukus” bekatidagi bo‘linmasi xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borayotgan QR IIV Transportda xavfsizlikni ta'minlash boshqarmasi “Nukus” bekati bo‘linmasi boshlig‘i, mayor J.Ye.ning xonasiga shu kunning o‘zida fuqarolar A.T, Ye.A., M.Yu va K.I. kelib, unga 10 million so‘m miqdoridagi pullarni o‘zlariga nisbatan to‘plangan hujjatlarni ijobiy hal qilib berish evaziga berayotgan vaqtida, Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi IIV O‘z xavfsizligi boshqarmasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi xodimlari tomonidan ushlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi departamenti Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi ushbu holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atib, hozirda tergov harakatlari olib bormoqda.

Mavzuga oid