Jamiyat | 22:30 / 17.01.2020
40014
1 daqiqa o‘qiladi

Narimon Grigoryanning ehtimoliy qotili ushlandi

Foto: Instagram

Huquq-tartibot idoralari xodimlari 14 yanvarda o‘ldirib ketilgan taniqli dizayner Narimon Grigoryanning ehtimoliy qotilini ushlashdi.

Toshkent prokuraturasi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida qotilning shaxsini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lingan.   

Ayni vaqtda gumonlanuvchi hibsga olingan. Unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha ayblov bildirilgan.

Marhumning jasadi u ijarada istiqomat qilib kelgan Yashnobod tumani, Chigil ko‘chasidagi xonadonning mehmonxonasidan qotillik alomatlari bilan topilgan edi.

Narimon Grigoryan – O‘zbekistonning taniqli modeler va kiyim dizaynerlaridan biri, Nariman Grigoryan brendi asoschisi. U 2018 yilda Vogue China jurnali tomonidan «Yil kashfiyoti» nominatsiyasida eng yaxshi dizayner deb topilgan. Shu yilning o‘zida u Toshkentda o‘z modalar uyini ochgan edi.

 

Mavzuga oid