Jamiyat | 14:17 / 27.08.2020
34585
2 daqiqa o‘qiladi

Dizayner Narimon Grigoryanni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan shaxs 18 yilga qamaldi

Dizayner Narimon Grigoryanning qasddan o‘ldirilganligi yuzasidan sud hukmi e'lon qilindi.

Narimon Grigoryan / Foto: Instagram

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida fuqaro Narimon Olimjonov (dizayner Narimon Grigoryan)ni qasddan o‘ldirganlikda ayblangan sudlanuvchi B.Burkitbayev (1996 yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan, muqaddam sudlanmagan)ga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e'lon qilindi.

Oliy sud xabarida aytilishicha, 2020 yil 14 avgustdagi sud hukmiga ko‘ra B.Burkitbayev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) va boshqa moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi. 

B.Burkitbayevga uzil-kesil o‘tash uchun 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Tayinlangan jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilandi.

Mavzuga oid