«Kinolar orqali Koreya, Turkiya tarixini o‘rganib bo‘ldik. O‘zimiznikini qachon o‘rganamiz?» - talaba vazirga taklif berdi
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Otabek Roziqov turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisiga tarixiy joylarda tarixni jonlantirish, o‘sha davr muhitini yaratishni taklif qildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.
Roziqovning aytishicha, bu orqali tariximizni, O‘zbekistonni tekin reklama qilsa bo‘ladi.
“Bizga O‘zbekistonni ko‘p xarajat qilmasdan chet elda reklama qiladigan loyiha kerak. Xitoy, Koreya, Angliya, Meksika va boshqa qator davlatlarda bu narsa bor. Loyiha o‘z ichiga tarixiy joylarda tarixni jonlantirish, o‘sha davr atmosferasini yaratishni o‘z ichiga oladi. Misol uchun, o‘sha paytdagi odamlarning liboslarini kiyib yurish, buning uchun odamlarni o‘sha ishga yollash kerak bo‘ladi. Rimni ko‘rsak, har xil tarixiy joylarida Tsezarning askarlari qadimiy harbiy kiyimlarda yurishadi, sayyohlar bunga juda qiziqishadi. Bizda ham shu narsa joriy etilsa, yurtimizga kelgan sayyohlar bu yerda suratga tushishadi. Bugungi kunda Instagram, Tvitter, Feysbukda hammaning sahifasi bor. Tabiiyki, ular suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashadi va bu qayerda olinganini ko‘rsatishadi. O‘sha orqali tariximizni, O‘zbekistonni tekin reklama qilsa bo‘ladi”, deydi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabasi Otabek Roziqov.
Talabaning qayd etishicha, bu orqali milliy kinematografiyamizni rivojlantirish, xususan, tarixiy kinokartinalar yaratilishi ko‘payishiga xizmat qiladi. “Kinolar orqali Koreya, Turkiya tarixini o‘rganib bo‘ldik. O‘zimiznikiyam o‘rgansak yaxshi bo‘lardi”, deydi u.
“Kinoturizm, animatsiyalar orqali tariximizni yetkazib berish, joylarda tarixiy muhitni yaratish – dolzarb masala. 2018 yilda tematik parklarni qurish bo‘yicha davlat rahbari hammaga imtiyoz berdi. Bugungi kunda O‘zbekiston bo‘ylab qaysidir ma'noda o‘sha konsepsiyani to‘liq qamrab olmagan 11 ta ana shunday tematik park paydo bo‘ldi. Samarqandda “Bog‘ishamol Garden” ochildi, siz aytganday milliy kiyimlarda har xil namoyishlar hammaning ko‘z oldida XIV asrni gavdalantiradi. Shu narsa bugungi kunda davom etyapti. Xuddi shunday konsepsiya bilan Toshkent viloyatida 70 gektar joyda tematik park barpo etilishi kutilyapti, bu bo‘yicha kanadalik investorlar bilan gaplashdik. Bular ma'lum vaqt talab qiladigan loyihalar, lekin bu bo‘yicha ish ketyapti”, dedi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov.
Mavzuga oid
11:15
Konlardagi portlatishni kuzatish, pulli asosda o‘q otish va davlat tashkilotlari binolariga tashrif – O‘zbekistonda turizmning yangi yo‘nalishlari tayyorlanmoqda
20:15 / 26.12.2024
Mirziyoyev: YeOII davlatlari fuqarolariga ichki hujjatlari bilan O‘zbekistonga kirish imkonini berishga tayyormiz
22:53 / 16.12.2024
Emin Agalarov Chorvoq bo‘yida Sea Breeze Uzbekistan turistik markazini qurmoqchi
18:14 / 16.12.2024