Avstraliyaga o‘rmon yong‘inlaridan keyin qum bo‘roni va kuchli do‘l yopirildi (video)
Avstraliyada bir necha oy davom etayotgan o‘rmon yong‘inlaridan keyin qum bo‘roni va kuchli yog‘ingarchilik keldi.
Qum bo‘roni yong‘inlardan eng ko‘p aziyat chekkan Yangi Janubiy Uels shtatiga yopirildi. Kuchli bo‘ron 100 km/soat tezlik bilan qumni 10 qavatgacha balandlikka ko‘targan. Tabiiy ofat markazida shtatning Broken-Xill, Ningan va Parkes shaharlari qolgan.
Fires, hottest day on record, floods, dust storm, hail storm. All in a month. Climate apocalypse stars in Australia. Are we gonna let this be the new normal?#ClimateCrisis pic.twitter.com/rPGg20JsV2
— Veronica Koman (@VeronicaKoman) January 20, 2020
Shuningdek, ushbu shtatda va Avstraliya poytaxti joylashgan hudud, jumladan poytaxt Kanberrada kuchli do‘l yog‘gan. 7News nashrining xabar berishicha, golf to‘pchasidek keladigan do‘l avtomobillarga shikast yetkazib, daraxtlar shox-shabbalarini sindirgan.
Glad I spent all weekend cleaning. This weather is really testing us! @abcnews pic.twitter.com/q4tRb82xCP
— Jen Browning (@jen_browning) January 19, 2020
“Yong‘inlar, rekord darajadagi issiq kun, toshqinlar, qum bo‘roni, do‘l. Bularning barchasi bir oyda. Avstraliyada iqlim apokalipsisi boshlandi. Biz buni me'yoriy holat bo‘lishiga yo‘l qo‘yamizmi?”, deb izoh qoldirgan foydalanuvchilardan biri.
Mavzuga oid
21:49 / 12.12.2024
Avstraliya internet kompaniyalarni mahalliy OAV kontenti uchun pul to‘lashga majbur qiladi
18:11 / 11.12.2024
Avstraliyadagi laboratoriyada o‘limga olib keluvchi viruslar solingan yuzlab flakonlar yo‘qoldi
00:26 / 11.12.2024
Avstraliya Tomahawk raketasini muvaffaqiyatli uchirgan dunyodagi uch davlatdan biriga aylandi
14:31 / 09.12.2024