«Deputatga bo‘lgan hurmat shumi?» – Prezident rahbarlarning deputatlik so‘roviga munosabatini tanqid qildi
O‘zbekistonda parlament va deputat so‘rovining ta'sirchanligini oshirish kerak, deb hisoblaydi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bu haqda 20 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi ma'ruzasida aytib o‘tdi.
«Parlament va deputat so‘rovini ko‘rib chiqmaganlik yoki ko‘rib chiqish muddatini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi. Shunga qaramasdan, afsuski, ayrim hollarda deputat so‘roviga rahbarning o‘zi emas, balki uning o‘rinbosari, hatto boshqarma boshliqlari javob qaytarmoqda.
O‘zingiz ayting, qani bu masalada xalq vakilining obro‘si? Parlamentga va deputatga bo‘lgan hurmat shumi? Bunday salbiy holatlarga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Shu sababli parlament va deputat so‘roviga vazirlik va idoralar birinchi rahbarlarining shaxsan o‘zlari javob berishi shartligini qonunda belgilashni taklif qilaman.
Qonunda belgilab qo‘yinglar, sizlarda bunday vakolat bor-ku? Zamon o‘zgardi endi, ijro organi ishlashi kerak. Deputat so‘rov yozdimi, unga faoliyatidagi xato haqida signal bo‘lishi kerak. U yo o‘z muovini, yo boshqarma boshlig‘iga qo‘l qo‘ydiryapti. Bu – xiyonat. Darrov uni chaqirib, to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Buning uchun esa qonun kerak», – degan prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ma'lumot uchun, avvalgi chaqiriqda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridagi mansabdor shaxslarga 28ta (2010-2014 yillarga nisbatan 7 barobar ko‘p) parlament so‘rovi, 856ta deputatlik so‘rovi yuborilgan.
Mavzuga oid
16:50 / 03.12.2024
Sudyalar Oliy kengashi tarkibi Senat tomonidan saylanishi mumkin
16:10 / 03.12.2024
Qaysi deputat qanday ovoz bergani ochiq bo‘lishi kerak - Bobur Bekmurodov
16:40 / 23.11.2024
Propan narxi keskin oshib ketgani yuzasidan mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi
14:13 / 21.11.2024