Vestminster universiteti yonidagi bog‘da sodir bo‘lgan yong‘in haqida rasmiy ma'lumot berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent xalqaro Vestminster universitetida yong‘in sodir bo‘lgani aks etgan video tarqaldi.
Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchilik qismiga kelib tushgan ma'lumotga ko‘ra, 21 yanvar kuni soat 20:27da Mirobod tumani “Ming O‘rik” mahallasi, A.Temur shoh ko‘chasida joylashgan “Bolajon” bog‘ida yong‘in sodir bo‘lgan.
Qayd etilishicha, mazkur bog‘ Toshkent xalqaro Vestminster universiteti yonida joylashgan.
Voqea yuzasidan tuman yong‘in-qutqaruv belgilangan manzilga soat 20:32da yetib borgan. Yong‘in soat 20:42 da o‘chirilgan. Aniqlanishicha, bog‘dagi eski oshxona ichki qismining 5 kv.m maydoni yongan.
Yuzaga kelgan yong‘in sabablari aniqlanmoqda, deyiladi FVV xabarida.
Mavzuga oid
20:36 / 24.12.2024
Eyfel minorasida yong‘in sodir bo‘ldi
13:18 / 24.12.2024
Rossiyadagi yong‘inda O‘zbekistonning 5 nafar fuqarosi halok bo‘ldi
21:23 / 21.12.2024
Farg‘onadagi sexda yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi
08:45 / 20.12.2024