O‘zbekiston | 08:43 / 23.01.2020
8098
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana bir xalqaro shartnomani tasdiqlaydi

Foto: Ramil Sitdikov

O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi hukumati va Koreya Respublikasi hukumati o‘rtasida 1998 yil 11 fevralda Toshkent shahrida imzolangan ikkiyoqlama soliq solinishining oldini olish hamda daromad va sarmoya soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf qilish to‘g‘risida Konvensiyaga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida 2019 yil 19 aprelda Toshkent shahrida imzolangan Bayonnoma tasdiqlanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani to‘g‘risida Koreya tomoniga tegishli xabarnoma yo‘llaydi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda uning qoidalarining bajarilishini nazorat qilishni ta'minlaydi.

Qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklanadi.

Mavzuga oid