Jamiyat | 15:04 / 23.01.2020
57542
4 daqiqa o‘qiladi
Reklama

«Qishloq qurilish bank»dan yangi aksiya: «Olamshumul»!

Aksiyadorlik-tijorat «Qishloq qurilish bank» naqd pulsiz amaliyotlarning ommabopligini oshirish, mijozlarni tizimli rag‘batlantirib borish maqsadida bankning Humo plastik kartalari foydalanuvchilari o‘rtasida «Olamshumul» aksiyasini e'lon qiladi.

Aksiya 2020 yilning 1 fevralidan 2021 yilning 1 fevraliga qadar o‘tkaziladi va unda 18 va undan yuqori yoshda bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

Aksiyada  qatnashish  uchun ATB «Qishloq qurilish bank»ning filialidan Humo plastik kartochkalarini olish va har oy yakuniga ko‘ra, eng kamida 500 ming so‘m qoldiq summani saqlab yurish talab etiladi.

Muhim jihati, «Olamshumul» promo-aksiyasida 2020 yilning 1 yanvariga  qadar amalda  bo‘lgan Humo kartalari foydalanuvchilari ham ishtirok etishi mumkin. Bunda plastik kartadan foydalanish  jarayoni aksiya  talablariga mos bo‘lishi lozim.

Aksiya ikkita holat bo‘yicha o‘tkaziladi.

«Oylik  aksiya»  plastik karta qoldig‘i bir oyda (kalendar kunlari) 500 ming so‘m va undan yuqori bo‘lgan mijozlar bo‘yicha.

Agarda  ushbu shart bajarilsa, tanlab olish yo‘li bilan g‘olib mijoz aniqlanadi va g‘olibga aksiya sovrini taqdim etiladi.

G‘oliblar xorijga ikki kishilik 12 ta sayohat yo‘llanmasi, 60 dona XIAOMI Note 7 smartfoni, 60 dona Artel Smart LED televizori hamda jami 570 dan ortiq fleshka, quloqchin, PowerBank va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

«Super aksiya». Bunda oylik aksiya ishtirokchilari orasidan tanlab olish yo‘li  bilan  g‘olib aniqlanadi. Agarda ushbu shart (oylik aksiya ishtirokchisi bo‘lish) har oy davomida bajarilsa, mijozning yutish imkoniyati ortib boradi. Ya'ni 1 marotaba oylik aksiyaga qatnashish 1-imkoniyat, 10 bora qatnashilsa, imkoniyat 10 barobar ortadi.

«Super aksiya» g‘olibiga bosh sovrin – «Shevrolet Gentra» avtomobili taqdim  etiladi.

«Oylik  aksiya»ning g‘olib va sovrindorlari  bir oyda bir marta, har oyning o‘ninchi ish kunigacha hamda «Super aksiya»ning g‘olibi aksiya muddati tugagandan so‘ng random.org veb-sayti (dasturi) orqali tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Fursatni qo‘ldan boy bermang! ATB «Qishloq qurilish bank»ning o‘zingizga yaqin bo‘lgan filialidan Humo plastik kartochkalarini rasmiylashtiring va aksiyada ishtirok eting!

«Olamshumul» aksiyasining olamshumul sovg‘alari sizni kutmoqda.

«Qishloq qurilish bank» – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun telefonlar: (+99878) 150-93-39, 150-39-93

Veb-sayt: www.qqb.uz

Telegram: t.me/QQBank

Facebook: fb.com/official.qqb.uz

Bank axborot xizmati

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid