O‘zbekiston | 10:26 / 08.10.2022
7783
1 daqiqa o‘qiladi

Jizzaxda ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi 1,5 milliard so‘m kreditni o‘zlashtirib yubordi

Bank filiali sobiq boshqaruvchisi jiyani rahbar bo‘lgan MChJga 1,5 milliard so‘m kredit ajratishga erishgan va pullarni talon-toroj qilib o‘zlashtirib yuborgan.

Foto: Kun.uz

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning xabar berishicha, departamentning Jizzax shahar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruvda, ATB “Qishloq qurilish bank”ning Jizzax mintaqaviy filiali sobiq boshqaruvchisi U.Yu., “Z.B.” MChJga jiyani O.ni rahbar sifatida tayinlagan.

So‘ng ushbu MChJga yuk avtotransport vositalarini xarid qilish uchun 1,5 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik 1,3 mlrd so‘mlik transport vositalarini boshqa shaxslarga sotib yuborib, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid