Sport | 23:02 / 01.02.2020
6036
1 daqiqa o‘qiladi

Ayollar o‘rtasida Australian Open g‘olibi aniqlandi

Amerikalik Sofiya Kenin tennis bo‘yicha Avstraliya ochiq chempionati g‘olibasi bo‘ldi.  

21 yoshli Kenin final uchrashuvida ispaniyalik Garbine Mugurusani 4:6, 6:2, 6:2 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan.

Kenin o‘z faoliyatida “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqada ilk bor g‘alaba qozondi. U shu natijasi evaziga keyinga hafta Ayollar tennis assotsiatsiyasi reytingida 15-o‘rindan 7-o‘ringa ko‘tariladi.

Australian Open 2 fevralda erkaklar o‘rtasidagi final bilan yakunlanadi. Hal qiluvchi uchrashuvda avstriyalik dominik Tim va serbiyalik Novak Jokovich uchrashadi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 49,1 mln dollarni tashkil qiladi. G‘oliblar 2,85 mln dollardan mukofot puli olishadi.

Mavzuga oid