EDF Energy Group Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish bo‘yicha tenderda ishtirok etishi mumkin
EDF Energy Group Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtirok etishi mumkin
Joriy yilning 7 fevral kuni Moliya vazirligida bosh vazir o‘rinbosari va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov Fransiya Tashqi ishlar vazirligining Markaziy Osiyodagi iqtisodiy diplomatiya bo‘yicha maxsus vakili Paskal Loro bilan uchrashdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda tomonlar mamlakatlarning sayyohlik, energetika, geologiya, qishloq xo‘jaligi, fuqaro aviatsiyasi, transport va logistika sohalarida o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada mustahkamlash va va rivojlantirishga qiziqishi yuqori ekanligi qayd etishdi.
Paskal Loro Fransiya kompaniyalarining joriy yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etishga yuqori qiziqishini alohida ta'kidladi.
P.Loro Fransiyaning Renault Group va EDF Energy Group kabi bir qator yirik kompaniyalar O‘zbekistonga qiziqish bildirayotganini ham aytib, EDF Energy Group DXSh asosida Sirdaryo IESni modernizatsiya qilish loyihasi bo‘yicha Xalqaro moliyaviy korporatsiya bilan hamkorlikdagi tenderda ishtiroki yuzasidan rejalarini ham bildirdi.
O‘z navbatida, Moliya vazirligi O‘zbekiston Fransiya bilan keng ko‘lamli hamkorlik portfeliga ega ekanligini ta'kidladi. Xususan, Fransiya Taraqqiyot agentligi, Veolia Environment va Total Eren bilan hamkorlikda qator yirik loyihalar rejalashtirilgani va amalga oshirilayotgani qayd etildi.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning oktabr oyi boshida DXSh agentligi, Energetika vazirligi hamda Xalqaro Moliya Korporatsiyasi tomonidan Sirdaryo viloyatida DXSh asosida 1300 MVt quvvatga ega IES qurish bo‘yicha tender tanlovini o‘tkazish va tegishli hujjatlarni tayyorlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatishga oid shartnoma imzolangan.
Sirdaryo IES – Sirdaryo viloyatining Shirin shahrida joylashgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi eng yirik issiqlik elektr stansiyasi hisoblanadi. Uning umumiy quvvati – 3000 MVt (har biri 300 MVt quvvatga ega o‘nta energoblok). Yangi IES eskisidan bir kilometr uzoqlikda qurilishi rejalashtirilgan.
Mavzuga oid
14:42 / 21.12.2024
Chad Fransiyadan qo‘shinlarini Ramazon oyigacha olib chiqishni talab qildi
12:20 / 19.12.2024
Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi
22:17 / 16.12.2024
Koreya va Fransiyadagi mojarolar: Demokratiyalardagi inqirozlar demokratiyani sozlaydi
17:17 / 13.12.2024