Ho‘kizlar bilan yugurish musobaqasi ishtirokchisi Useyn Bolt rekordini ortda qoldirdi - OAV
Hindistonda ho‘kizlar bilan birga yugurish musobaqasi ishtirokchisi o‘ziga amaldorlar e'tiborini tortdi.
Gap shundaki, Srinivas Govda ismli erkak ho‘kizlar bilan yugurish musobaqasida 100 metrga yugurish bo‘yicha jahon rekordini yangilay olgani ma'lum qilingan. Govdaning musobaqadagi urinishi videosi Hindistonda tez ommalashgan va shundan keyin Hindiston yoshlar ishlari va sport vazirligi u bilan qiziqib qolib, imkoniyatlarini tekshirish uchun poytaxtga chaqirtirgan.
#WATCH : Mr. Srinivasa Gowda from Moodabidre, Karnataka ran 100m in 9.55 seconds at a #Kambala (buffalo race). He was faster than @usainbolt who took 9.58 seconds to create a world record.
— Shruthi Thumbri 🇮🇳 (@Shruthi_Thumbri) February 14, 2020
We Indians are busy with praising others! 🙂@KirenRijiju @narendramodi @girishalva pic.twitter.com/eIcCS98b33
“Hindiston sport vazirligidan rasmiy shaxslar u bilan bog‘lanishdi. Unga poytaxtgacha temir yo‘l chiptasi olib berildi va u vazirlikka dushanba kuni keladi. Men yetakchi milliy murabbiylar uni tegishlicha tekshirishlarini ta'minlayman”, deb aytgan vazirlik rahbari Kiren Rijiju.
Ayni vaqtda 100 metrga yugurish bo‘yicha rekord yamaykalik sobiq sprinter Useyn Bolt tomonidan 2009 yilda Berlindagi jahon chempionatida o‘rnatilgan va u 9,58 soniyaga teng. Ta'kidlanishicha, hindistonlik musobaqa vaqtida 142,5 metrga masofani 13,62 soniyada, jumladan uning 100 metrini 9,55 soniyada yugurib o‘tgan.
Ho‘kizlar bilan poyga “Kambala” Hindistonning Karnataka shtatida o‘tkazib kelinadi. Musobaqa ishtirokchilari oldilarida ikkita ho‘kizni quvgan holda suv bilan to‘ldirilgan guruch dalasidan 132 yoki 142 metrlik masofani yugurib o‘tish bo‘yicha bellashishadi. 2014 yilda ushbu poygalar Hindiston sudi tomonidan taqiqlangan, biroq 4 yil o‘tib bellashuvning ba'zi qoidalari o‘zgartirilgach, uni yana o‘tkazishga ruxsat berilgan.
Mavzuga oid
18:07 / 24.12.2024
Hindiston 2040 yilda Oyga o‘z kosmonavtini uchiradi
23:25 / 23.12.2024
Bangladesh Hindistondan sobiq bosh vazir Shayx Hasinani ekstraditsiya qilishga yordam berishni so‘ramoqda
11:42 / 18.12.2024
O‘zbekiston va Hindiston zargarlik buyumlari ishlab chiqarish imkonini o‘rganmoqda
20:02 / 17.12.2024