Jahon | 00:06 / 18.02.2020
7916
1 daqiqa o‘qiladi

Pekin avtosaloni koronavirus epidemiyasi sababli qoldirildi

21-30 aprel kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan Pekin avtosaloni Xitoyda avj olgan yangi turdagi koronavirus epidemiyasi sababli qoldirildi.

Foto: Globallookpress

Bu haqda Automotive News nashri xabar berdi. Yirik xalqaro ko‘rgazmaning yangi o‘tkazilishi muddati hozircha ma'lum qilinmagan.

Pekin avtosaloni dunyodagi eng yirik avtomobillar bozori hisoblangan Xitoydagi eng yirik ko‘rgazmalardan biri hisoblanadi. Avtosalonda mahalliy kompaniyalardan tashqari, dunyoning yetakchi avtomobilsozlik kompaniyalari, jumladan Mercedes-Benz, Volkswagen, Audi, BMW va Ford ishtirok etadi.

Avvalroq koronavirus sababli Tesla, Ford, PSA Group, Nissan va Honda kompaniyalari Xitoydagi zavodlarini, Hyundai esa ehtiyot qismlari yetkazilishidagi muammolar sababli Janubiy Koreyadagi zavodlarini to‘xtatishga qaror qilgandi. 

Shuningdek, avvalgi hafta koronavirus “Formula-1” poygasining 17-19 aprelga belgilangan Xitoydagi bosqichi bekor qilinishiga olib kelgani ma'lum qilingandi. Xitoy gran-prisi tashkilotchilari virus tarqalishi to‘xtatilsa, poyga 2020 yil davomida o‘tkazilishi mumkinligini aytishgan.

Mavzuga oid