O‘zbekiston | 16:00 / 18.02.2020
34784
1 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari Bo‘ka tumaniga hokim bo‘ldi

Toshkent viloyatining Bo‘ka tumani hokimi Bektemir Ibragimov lavozimini tark etgan.

N.Abbosov / Foto: Xalq banki matbuot xizmati

Bo‘ka tumani hokimligida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari 3-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabariga ko‘ra, sessiya ishida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.

Sessiyada Nizomiddin Ravshanovich Abbosov Bo‘ka tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tasdiqlandi.

N.Abbosov 1977 yilda Samarqand viloyati Urgut tumanida tug‘ilgan. Millati o‘zbek. Ma'lumoti oliy. 2000 yilda Toshkent moliya institutini, 2010 yilda O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. Mehnat faoliyati davomida bank va boshqaruv tizimida bir qator vazifalarda faoliyat yuritgan.

U ushbu lavozimga tayinlangunga qadar Xalq banki boshqaruvi raisi o‘rinbosari sifatida ishlagan.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yil fevralidan buyon Bo‘ka tumani hokimi lavozimida Bektemir Ibragimov ishlab kelayotgandi.

Mavzuga oid