O‘zbekiston | 08:01 / 21.02.2020
19196
2 daqiqa o‘qiladi

Svetlana Ortiqova: «Prokurorlarning 90 foizining muomalasi yaxshi»

Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ham ishtirok etdi.

Foto: Xalqaro press-klub

Ortiqovaning so‘zlariga ko‘ra, halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak.

«Shaxsan ayta olaman, prokurorlarning 90 foizining muomalasi yaxshi. Ishingiz tushib borganingizdan, ketguningizgacha qo‘li ko‘ksida xizmatingizda turadi. To‘g‘ri, 10 foiz prokurorlar borki, butun soha imijiga salbiy ta'sir qilmoqda.

Halollik vaksinasi nafaqat prokurorlarga, balki barcha davlat xizmatchilariga kerak. Chunki korrupsiya holati qachon vujudga keladi, qachonki davlat budjeti bilan munosabatga kirishish jarayonida aniqlanadi», - dedi u.

Bosh prokuror o‘rinbosarining aytishicha, eski tartibga ko‘ra prokurorlar fuqarolardan shikoyat arizasi bo‘lmasa xam jinoyat ishini o‘rganishda ishtirok etadi.

«Biroq, davlat rahbari murojaatda prokurorlar va advokatlar endi faqat fuqarodan shikoyat arizasi bo‘lsagina jarayonga aralashishi mumkin bo‘lishi haqidagi qonuniy hujjatni ishlab chiqish masalasini taklif qildilar.

Murojaatnomada prokuraturaga muhim vazifalar qo‘yildi. Bular: sohani isloh etish, soha xodimlari dunyoqarashini o‘zgartirish va albatta, korrupsiya balosining yo‘qotishdir.

Sud-huquq sohasida faoliyat yuritayotgan insonlar vijdonan va halol ishlamasa, tizimning o‘zi bunday insonlarni sohadan chiqarib tashlaydi. Huquq sohasida ishlaydigan xodimlarni uyg‘onishga va qonunlarni yaxshi o‘rganishga  chaqirib qolamiz», - dedi Svetlana Ortiqova.

Mavzuga oid