Elyor G‘aniyev Boeing vitse-prezidenti bilan uchrashdi
Transport vazirligida Boeing kompaniyasi bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi
Transport vazirligida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi vitse-prezidenti Gregori Lekston bilan uchrashdi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini kengaytirish masalalari muhokama etildi. Gregori Lekston O‘zbekiston mintaqadagi mamlakatlar orasida aviaparkida Boeing 787 Dreamliner samolyotlari eng ko‘p davlat ekanligini alohida qayd etib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Elyor G‘aniyev Boeing kompaniyasi bilan o‘zaro ishonchli va samarali hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish, bu yo‘nalishda birgalikda ishlash har ikki tomon uchun ham manfaatli bo‘lishini ta'kidladi.
Bundan oldin, Uzbekistan Airways 4ta Boeing samolyotini sotayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
20:49 / 13.12.2024
Boeing 787 Dreamliner’larni ishlab chiqarishni oshirishga 1 mlrd dollar sarmoya kiritadi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
20:10 / 10.11.2024
XKSda qolgan astronavt keskin vazn yo‘qotmoqda
00:51 / 06.11.2024