Xitoylik shifokorlar koronavirus o‘chog‘iga aylangan Uxanni g‘olibona tark etishdi (video)
Xitoyning Uxan shahriga koronavirus epidemiyasiga qarshi kurashda yordam berish uchun mamlakatning boshqa hududlaridan yuborilgan shifokorlar uylariga jo‘natila boshlandi. Ular bu kurashda ko‘rsatgan og‘ir va matonatli mehnatlariga minnatdorlik sifatida tantanali ravishda kuzatib qo‘yildilar.
Ayni vaqtda Xitoyda epidemik vaziyat nafaqat yaxshilangani, balki hukumat uning ustidan g‘alaba qozonildi, deb e'tirof etayotgani ortida shifokorlar yaqindagina virus sababli qurshovda bo‘lgan shaharni o‘z burchlarini to‘liq ado etganlik hissi bilan tark etishgan.
Butun Xitoydan shaharga jo‘natilgan 3700 tibbiy xodim epidemiya vaqtida o‘z hayotini xavf ostiga qo‘yib, u yerdagi 14 ta vaqtinchalik gospital va 7 ta maxsus shifoxonaga ko‘mak ko‘rsatgan.
Uxan joylashgan Xubey provinsiyasi sog‘liqni saqlash ishlari qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, 21 mart holatiga, Uxanda virusga chalinganlar soni 50 ming kishi atrofida qolgan, provinsiya bo‘ylab esa bu ko‘rsatkich 67800 kishini tashkil qilgan.
Oxirgi bir kun ichida Xitoyda virusga chalinish bo‘yicha 46 ta yangi holat, jumladan mamlakat ichida bitta va xorijdan kelganlar orasida 45 ta holat qayd etilgan.
Mavzuga oid
15:03 / 10.12.2024
Xitoy koronavirus Uhan laboratoriyasida yaratilganini rad etdi
15:02 / 10.12.2024
Olimlar ekologik toza quyosh batareyalarini ishlab chiqarish usulini topdi
20:48 / 09.12.2024
Tramp saylovda g‘alaba qozonganidan keyin birinchi marta Si Jinping bilan suhbatlashdi
23:36 / 19.09.2024