Jahon | 11:56 / 26.03.2020
13533
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda gigant pandalar bog‘i omma uchun ochildi

Foto: AFP| Getty Images

Xitoyning Chendu  shahrida karantindan so‘ng, pandalar hayvonot bog‘i faoliyati qayta tiklandi, deb xabar bermoqda China Daily nashri. 

24 yanvar kuni omma uchun yopilgan gigant pandalar turmushini tadqiq etish va ularni saqlash maqsadida faoliyat ko‘rsatuvchi Chendudagi hayvonot bog‘i qayta ish boshladi. 

Ayni paytda Xitoyda favqulodda holat to‘rt bosqichda amal qilmoqda. Chendu shahri joylashgan Sichuan provinsiyasi xavflilik darajasini ikkinchidan uchinchiga tushirgani sababli, shahardagi ko‘plab jamoat maskanlari faoliyati qayta tiklanmoqda. Ammo mamlakat hanuz birinchi darajadagi xavfli hududlar mavjud. 

Sichuandagi vaziyat biroz yumshaganiga qaramay, xavfsizlik choralari saqlanib qolmoqda: masalan, hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar soni bir kunda 5 ming kishidan ortmasligi kerak. Shuningdek, jamoat maskaniga kirishda tashqi belgilarga ko‘ra nosog‘lom deb topilgan shaxslarga ichkariga kiritilmaydi.

Mavzuga oid